Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochmoqchi bo‘lganlar fosh bo‘ldi

Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochmoqchi bo‘lganlar fosh bo‘ldi

Chuqursoy tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni fosh etishdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Chuqursoy tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish kabi bir necha qoidabuzarlik holatlarini o‘z vaqtida fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, poytaxtda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuklar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, yuklar orasida bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 6 million so‘mlik 150 dona ayollar sumkalari yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuklar tekshirilganda bojxona yuk deklarasiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 7800 dona jomadon qismlari borligi aniqlandi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 52 million so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi korxona nomiga keltirilgan Suv nasoslari tovari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 61 million so‘mlik 800 dona elektr motorlari uchun uch fazali avtomatlar, boshqaruv qutisi hamda alyumin profillari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!