Vladimir Zelenskiyga suiqasdning oldi olindi

Vladimir Zelenskiyga suiqasdning oldi olindi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasdning oldi olindi.

Bu haqda Ukraina Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

V. Zelenskiyning o‘ldirilishini tayyorlagan josuslik tarmog‘i fosh etilgani ma’lum qilindi.

Tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, agentlar Ukraina aksilrazvedkasi va Davlat xavfsizlik xizmatining birgalikdagi faoliyati natijasida fosh etilgan. Aytilishicha, josuslarning faoliyatini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati nazorat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!