Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik ikki kunga yopildi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prik ikki kunga yopildi

Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» xabar qildi.

Malum qilinishicha, Amudaryo tumanida Qipchoq – Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilishi munosabati bilan 2024 yil 7 may kuni soat 14:00 dan 2024 yil 9 may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qo‘shma ko‘prikda vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati «Qipchoq ponton ko‘prigi» orqali amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!