Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi!

Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi!

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlardan biochiruvchi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.

1. Paketlar organik asosga ega, biochiruvchi, kislorod, havo va ultrabinafsha nurlanish ta’sirida biologik chiriydigan kichik oksidlangan bo‘laklarga parchalanish xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak.

2. Paket tarkibi quyidagi xomashyolardan tarkib topishi lozim:
a) makkajo‘xori kraxmali (kamida 35 foiz);
b) adipin kislota;
v) dimetil tetraftalat;
g) kalsiy karbonat;
d) titan dioksidi;
e) butandiyen spirit 1,4.

3. Paketlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 2021 yil 30 yanvardagi 43-son hamda «Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 16 fevraldagi 75-son qarorlari talablari asosida ekologik sertifikatga hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi.

4. Paket namunalari O‘zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o‘tgan laboratoriya tomonidan biopaket tarkibi tasdiqlangan xulosaga ega bo‘lishi kerak.

Sotuvchilar tomonidan taklif etiladigan paket namunalari yuqoridagi talablarga javob berishi yuzasidan tegishli tekshiruv va solishtirishlardan o‘tkazilganidan so‘ng xarid qilinishi mumkin.

5. Paketlardan chiqindilarni saralab yig‘ishda foydalaniladi.

6. Paketlarning har biri ixcham shaklda yig‘ilgan, taxlangan, bir-biriga ketma-ket ulangan, o‘ralgan rulon holatida ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim.

7. Paketlarning rangi:
— shaffof, rangsiz;
— qora;
— jigarrang.

8. Paketlarning sig‘imi, o‘lchami, yuk ko‘taruvchanligi va qalinligi:
— jigarrang: eni — 55 sm, bo‘yi — 65 sm, sig‘imi — 20-25 l va qalinligi 40 mikron — 60 ming dona;
— shaffof rangsiz: — eni — 60 sm, bo‘yi — 90 sm, sig‘imi — 40-45 l, qalinligi 60 mikron — 30 ming dona hamda eni — 55 sm, bo‘yi — 65 sm, sig‘imi — 20-25 l, qalinligi — 40 mikron — 30 ming dona;
— qora rangli: eni — 60 sm, bo‘yi — 90 sm, sig‘imi — 40-45 l, qalinligi — 60 mikron — 30 ming dona hamda eni — 55 sm, bo‘yi — 65 sm, sig‘imi — 20-25 l, qalinligi 40 mikron — 30 ming dona.

9. Paketlarning dizayni quyidagidek bo‘lishi kerak:

Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi!

Tijorat takliflari 26 maygacha qabul qilinadi. Takliflarni vazirlikning info@eco.gov.uz elektron pochtasi orqali yuboring yoki +99871 207 07 70 (9991) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, yetkazishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!