Neymar Braziliyadagi talofat uchun yordam ko‘rsatdi

Neymar Braziliyadagi talofat uchun yordam ko‘rsatdi

Braziliyaning Rio-Grande-du-Sul shtati suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rdi.

O‘tgan yozdan beri Saudiyaning "Al-Hilol" klubida o‘ynab kelayotgan yulduz hujumchi Neymar bu borada yordamga keldi.

Futmais'ning aytishicha, futbolchi viloyat aholisiga 2 tonna oziq-ovqat jo‘natgan.

Bundan tashqari, Neymar qutqaruv ishlariga yordam berish uchun shaxsiy vertolyotini taqdim etdi. E’tiborlisi, 32 yoshli Neymar oktyabr oyidan beri futbol maydonida ko‘rinmayapti.

Yulduzli forvard tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!