DXX o‘rinbosarlarning kirdikorlarini fosh etdi

DXX o‘rinbosarlarning kirdikorlarini fosh etdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbaridan 2000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, joriy yilning aprel oyida g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini f/x ixtiyoriga qaytarib berish hamda xo‘jalikning bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga so‘ralgan pul mablag‘idan 1000 AQSh dollari va 5 mln. so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln. so‘m miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham prosessual tartibda ushlangan.

Bundan tashqari, Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga, o‘zining xizmat xonasida 25 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ayni vaqtda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!