Surxondaryoda qovun pishdi

A A A
Surxondaryoda qovun pishdi

Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi iste’moli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari boshlanmoqda.

Vohalik dehqonlar har yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birinchilardan yetishtirib, yurtimiz bozor rastalariga yetkazib beradi.

Iqlim va tuproq sharoitlari mahsulot yetishtirish uchun qulay bo‘lgan surxondaryolik mirishkorlar poliz mahsulotlarini ham iste’molchilarga yetkazib berishni boshlashdi.

Xususan, Angor tumani Yuqori Tallimaron mahallasida bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, xorijlik investorlar tomonidan tashkil etilgan «Qodir shahb» MCHJ dalalariga erta bahorda ekilgan «Dakara» navli qovunning ilk hosili pishib yetildi.

Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi iste’moli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari boshlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!