Polsha Putinga qartalarni ko‘rsatmaslikka chaqirdi

A A A
Polsha Putinga qartalarni ko‘rsatmaslikka chaqirdi

Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski BBC World"ga bergan intervyusida Kreml rahbari Vladimir Putin G‘arbning mumkin bo‘lgan qadamlari borasida noaniqlikda qolishi kerakligini aytdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotiga ishora qilib, Sikorskiy Putinni G‘arb nima qilishiga ishonchi komil bo‘lmagan vaziyatga qo‘yish to‘g‘ri ekanligini aytdi.

Polsha qo‘shin yuborish haqida o‘ylayaptimi, degan savolga u «Biz o‘z qartalarimizni oshkor qilmaymiz, nima qilishimiz haqida Putin o‘ylab ko‘rsin», dedi.

«Biz NATOda YAIMning eng katta qismini (mudofaaga) sarflaymiz - 4 foiz va kelgusi yilda biz ko‘proq mablag‘ sarflashimiz mumkin», dedi Sikorskiy.

Rossiya Polshaga qay darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda, degan savolga Polsha diplomatiyasi rahbari Putin NATO a’zosiga hujum qiladigan darajada ehtiyotsiz bo‘ladi, deb o‘ylamasligini aytdi, biroq u Ukrainaga hujum qilish uchun yetarlicha ehtiyotsizlik qilgani va hozir harbiy jinoyatchi sifatida ko‘rilayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!