Samarqandlik erkak Istanbulda qo‘lga olindi. U qator jinoyatlarda ayblanmoqda

Samarqandlik erkak Istanbulda qo‘lga olindi. U qator jinoyatlarda ayblanmoqda

Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan, 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan RAXIMOV OZOD SADULLOYEVICh Istanbul shahrining Fatix tumanida qo‘lga olindi.

Ma’lumot uchun, O.Raximov Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini Firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda, shuningdek Istanbul shahrida bo‘lgan davrida 2022-2023 yillar mobaynida bir qancha O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya-Ispaniya-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi bo‘ylab AQShga yuborishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 10-15 ming AQSh dollari olib, va’dasini bajarmasdan, o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

Ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan vatandoshlarimizdan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so‘raladi.

Jinoiy javobgarlikdan qochibxorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishdadavom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.

"Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan OGOH BO‘LISHLARINI SO‘RAYMIZ", deb yozadi Istanbuldagi bosh konsulxona.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!