O‘zbekistonda piyoz narxi keskin pasayishda davom etmoqda

O‘zbekistonda piyoz narxi keskin pasayishda davom etmoqda

Markaziy Osiyodagi piyoz bozori yangi hosilning past ulgurji narxlari tufayli notinchlik davrini boshdan kechirmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston fermerlari narxlarning misli ko‘rilmagan pasayishidan xavotirda.

EastFruit tahliliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki mamlakatda yangi ekin piyozining ulgurji narxlari kilogrammi uchun 10-12 AQSh sentiga tushib ketgan. Bu yuqori sifatli, saralangan va qadoqlangan mahsulotlarga tegishli. To‘g‘ridan to‘g‘ri daladan jo‘natilgan piyoz narxi bundan ham arzon. Shunday qilib, 2024 yil hosilidan bir tonna piyoz ulgurji bozorda 100 dollarga tushishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!