"PSJ" - "Borussiya Dortmund" uchrashuvida eng yaxshi futbolchi kim bo‘ldi?

"PSJ" - "Borussiya Dortmund" uchrashuvida eng yaxshi futbolchi kim bo‘ldi?

Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Mats Xummels “PSJ”ga qarshi (1:0) Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu uchrashuvda u yagona golni urdi.

"Zarbalarni bloklash, gol, uzatmalarda aniqlik va himoyadagi yetakchilik - albatta, u ensh yaxshisi", - deya qayd etdi UYEFA texnik kuzatuvchilar guruhi.

Dortmundliklar birinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonishgandi (1:0) va shuning uchun Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi va u yerda "Real Madrid" - "Bavariya" o‘yini g‘olibi bilan uchrashadi (birinchi o‘yindan keyingi hisob 2:2). Final 1 iyun kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!