Messi bu ishni bajargan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

Messi bu ishni bajargan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi “Nyu-York Red Bullz” bilan so‘nggi o‘yinda (6:2) beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu harakatlari Messiga tarix yaratish imkonini berdi – u bir o‘yinda beshta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, boshqa bahsda beshta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Chempionlar ligasi - 2011/12 mavsumining 1/8 finalida "Bayer" darvozasiga beshta gol kiritgandi.

O‘sha uchrashuv "Barselona"ning 7:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!