9 may munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

9 may munosabati bilan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi harakatlar jadvalini e’lon qildi.

O‘zbekistonda 9 may munosabati bilan qo‘shimcha poyezdlar qatnovi boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Samarqand – Toshkent Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilgan.

Poyezd quyidagi jadval asosida 10, 11, 12 may kunlari harakatlanadi:

775-sonli «Samarqand — Toshkent» yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!