Tramp: Qo‘shma Shtatlarga boshqa mamlakatlardagi qamoqxonalar va ruhiy kasalxonalarda bo‘lgan odamlar keldi

Tramp: Qo‘shma Shtatlarga boshqa mamlakatlardagi qamoqxonalar va ruhiy kasalxonalarda bo‘lgan odamlar keldi

Qo‘shma Shtatlar chegarasini kesib o‘tgan hujjatsiz muhojirlar orasida boshqa mamlakatlardagi qamoqxonalar yoki ruhiy kasalxonalarda bo‘lganlar ham bor.

Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp «WGAL» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Ular (hozirgi Amerika ma’muriyati) bizga dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlarning mamlakatimizga kirishiga imkon beruvchi ochiq chegaralar kerak, degan qarorga kelishdi: biz qamoqxonalardan, ruhiy shifoxonalardan barchani qabul qilamiz», — dedi u.

Shu bilan birga, Tramp muhojirlar orasida AQShga foyda keltiruvchi odamlar borligini tan oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!