“Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi bashorat qilinyapti” — suv xo‘jaligi vaziri

“Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yaxshi bo‘lishi bashorat qilinyapti” — suv xo‘jaligi vaziri

Yog‘ingarchiliklar natijasida Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv hajmi yaxshi bo‘lishi bashorat qilinyapti. Bu haqda suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi axborotida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, parlament quyi palatasi deputati Muqaddas Tirkasheva suv xo‘jaligi vazirining axboroti eshituvida asosiy daryolarimizga suv kelish prognozlari bilan qiziqqan.

Deputat Qo‘shtepa kanali qurilishining Amudaryo suviga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarida suv kelish prognozlari avvalgi yillarga nisbatan necha foizni tashkil qilishi to‘g‘risida savol bergan.

Darhaqiqat, 5 ta davlat suv limitlarini o‘zaro kelishadi. Oxirgi yig‘ilishimiz Chimkentda bo‘lib o‘tdi. Unda suv havzalaridagi suv holati muhokama qilindi. Bu yilgi yog‘ingarchiliklar natijasida Amudaryo va Sirdaryo daryolarida suv hajmi yaxshi bo‘lishi bashorat qilinyapti. Hozirgi holatda o‘tgan yilgi daraja kutilyapti. Ko‘p yillik me’yorlarga nisbatan esa Sirdaryoda 85-90 foiz, Amudaryoda 90-95 foizgacha suv bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kunda suv omborlarimizda o‘tgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub ortiqcha suv zaxirasi yaratilgan, — deya javob qaytargan vazir.

Shuningdek, Shavkat Hamroyev so‘nggi yillardagi ochiqlik siyosati natijasida qo‘shni davlatlar bilan ko‘p masalalarda, jumladan, suv masalasida ham yaqin hamkorlikda ishlar olib borilayotganini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!