Qurilish materiallari milliy klassifikatori elektron platformasi - tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

Qurilish materiallari milliy klassifikatori elektron platformasi - tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 noyabrdagi PF-6119-sonli farmoniga binoan Qurilish materiallari milliy klassifikatori elektron Catalog.tmsiti.uz latformasi yaratilgan. Platformadan davlat dasturlari asosida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini dastlabki boshlang‘ich narxlarini shakllantirishda qo‘llaniladi.

Unda qurilishda qo‘llanadigan 181 740 ta materiallar va buyumlar, 1 029 ta mashina va mexanizmlar, 352 ta kichik mexanizasiya, 3 685 ta uskuna va qurilmalar, 389 ta qurilish ishlarini jamlangan. Elektron platformani ishga tushirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Statistika agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining ma’lumotlar bazalari integrasiyasi amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda korxonabay ish tashkil etilib, xar bir korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar “elektron platformaga” kiritilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 ga yaqin korxonalarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari platformaga joylashtirildi.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida mahsulotlarni platformaga kiritishga ko‘maklashuvchi 500 ta “broshyura” chop etildi va hududlarda ishlab chiqaruvchilarga taqdim etildi. Elektron platformaga ishlab chiqaruvchi korxona elektron raqamli imzo orqali kirib, o‘zi ishlab chiqaryotgan mahsulotlarning narxini kiritadi.

Mahsulotlarni platformaga kiritish va narxlarni yangilab borish ishlari davriy ravishda amalga oshiriladi. Platforma turli ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini bir joyda birlashtirib, keng auditoriyaga maksimal ko‘rinishni ta’minlaydi. Bu ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq potensial mijozlarni jalb qilish va bu bozorda yanada samarali raqobatlashish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchilar yangi mahsulotlarni qo‘shish, mavjud mahsulot ma’lumotlarini yangilash va o‘z profilini o‘zgaruvchan bozor ehtiyojlariga moslashtirish mumkin. Unda mahsulot ma’lumotlarini taqdim etish ishlab chiqaruvchilar uchun sotuvlarni oshirishga yordam beradi. Bu platforma bir vaqtning o‘zida tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini sotish va reklama qilish maydonchasi vazifasini ham bajarmoqda. Tarmoqda boshqa ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar yoki qurilish kompaniyalari bilan hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!