Arab davlatlari g‘azoga tinchlikparvar kuchlar yubora oladimi?

Arab davlatlari g‘azoga tinchlikparvar kuchlar yubora oladimi?

Oxirgi haftalarda bir qancha arab davlatlari G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda harakat qiladigan arab tinchlikparvar kuchlarini yaratish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqda FT xabar bermoqda.

Arab diplomatik manbasiga ko‘ra, arab poytaxtlari bu masalada o‘z pozisiyalarini yumshatgan, chunki bu Isroil qo‘shinlarini sektordan olib chiqish imkonini beradi. Bu Falastin ma’muriyatiga G‘azoni o‘z nazoratiga qaytarish imkoniyatini berish uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik choradir.

FT gazetasining ta’kidlashicha, bu Misr tashabbusi. Ilgari Qatar, Saudiya Arabistoni va Iordaniya bunday taklifga qarshi chiqqan edi. Shuningdek, kontingentni yaratish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining roziligi talab qilinishi xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!