Italiyada jurnalistlar ish tashladi

Italiyada jurnalistlar ish tashladi

Italiyadagi “RAI” davlat televideniye va radio korporasiyasi yangiliklar xizmati jurnalistlari ish tashlash e’lon qildi. Rahbariyat harakati va hukumatning jamoa faoliyatiga aralashuvi sabab uyushtirilgan tadbirda “Usigrai” kasaba uyushmasi a’zolari ham ishtirok etgan. Ma’lum bo‘lishicha, ish tashlovchilar o‘z qarorini rahbariyat tomonidan “dasturlar kasaba uyushmasi bilan muhokama qilinmasdan birlashtirilgani, nafaqaga chiqqan yoki tug‘ruq ta’tilida bo‘lganlar o‘rni to‘ldirilmagani va ish haqi kamaytirilgani”ga qarshi norozilik tarzida izohlamoqda.

“RAI” tarkibida markaziy televideniyening bir necha kanali, radiostansiya va saytlar birlashtirilmoqda. Yetakchi “Rainews24” yangiliklar kanali dushanba kuni beriladigan ertalabki yangiliklar ko‘rsatuvi o‘rniga ish tashlash belgisi sifatida avval yozib olingan materiallarni namoyish etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!