Qoraqalpog‘istonda 32 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida 800 dan ortiq qonunbuzilishi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan 345 ta tanlov savdosi tahlil qilinganda, ularning 317 tasida raqobatga zid holatlar fosh etilgan.

Prezident o‘zi bilan uchrashishni istagan qoraqalpog‘istonlik bolaga maktub yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Muhammadali ismli bolakayning murojaatini ko‘rib, unga minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Bola videomurojaatida davlat rahbari bilan uchrashishni istashini aytgan.

Qoraqalpog‘istonga kelasi yili $5 mlrd investisiya jalb qilinadi

Oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi

Amanbay Orinbayevga general-mayor unvoni berildi

Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.

Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qatnov ​kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi

Orolbo‘yida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi daromadini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida bo‘lib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi

Mazkur yirik korxona Prezidentimizning 2024 yil 28 iyundagi parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir qarori asosida tashkil etildi. Loyihaning umumiy qiymati 7,8 million dollarni tashkil etadi. 21 gektar maydonni egallagan korxona ishga tushishi bilan 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Kegeylidagi sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy agrar tajribani ko‘zdan kechirdi

Jahon tajribasida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar boshqa tarmoqlarni ham rivojlantirib, ko‘p tarmoqli faoliyat yuritishi keng tarqalgan. Jizzax viloyatida avtomobil ishlab chiqarayotgan “ADM Group” kompaniyasi ham shu yondashuv asosida faoliyatini kengaytirmoqda. Orolbo‘yida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish uning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

«Hududgazta’minot» tadbirkordan gaz uchun asossiz pul undirgan

Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaligidan gaz uchun asossiz undirilgan 96 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi. O‘rganishlarda gaz sarfini aniqlashda asosiy qurilma o‘rniga yuqoriroq ko‘rsatkich qayd etgan ikkinchi hisoblagich ma’lumotlaridan foydalanilgani aniqlandi.

Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 taom” gastronomik festivali o‘tkazildi

Ushbu festival 2017 yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi festival doirasida 50 ga yaqin malakali oshpazlar ishtirok etdi

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.