Pashinyan Rossiya telekanallarini o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi

Pashinyan Rossiya telekanallarini o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan agar Armaniston hukumatining ularga nisbatan ko‘plab talablari e’tiborga olinmasa, Rossiya telekanallarini o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi.

Bu haqida TASS muxbiri Yerevandan xabar berdi.

«Imzolangan kelishuvlarga asoslanib, biz Rossiya kanallaridan Armaniston va uning manfaatlarini hurmat qilishni so‘raymiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlardan kelib chiqib, biz ko‘p marta so‘rashga, keyin bir necha bor talab qilishga tayyormiz. Agar yettinchi marta bizning talabimiz e’tiborsiz qolsa, unda bu kanallarning barchasini o‘chirib, Armanistonda ko‘rsatuvini to‘xtatish kerak», — dedi bosh vazir matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!