OAV: Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Isroilga boradigan bo‘lyapti

OAV: Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Isroilga boradigan bo‘lyapti

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns 8 may, chorshanba kuni yahudiy bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar olib borish uchun Isroilga borishi kutilmoqda.

Bu haqda Reuters manbasiga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, Berns boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan ham muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, dushanbaga o‘tar kechasi Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari shoshilinch ravishda Qatarga borib, Bosh vazir Shayx Muhammad bin Abdel Rahmon Ol Tani bilan uchrashib, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini muhokama qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!