Ijtimoiy tarmoqlarda "havola" jo‘natib fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar 16 yoshli yigit bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "havola" jo‘natib fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar 16 yoshli yigit bo‘lib chiqdi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi 52 yoshli (ayol) R.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.020.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli F.SH. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan F.SH. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan F.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!