O‘zbekiston va Vengriya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston va Vengriya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston va Vengriya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik, qator sohalardagi aloqalarimizni yanada faollashtirish yo‘llari muhokama qilingan.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi hamda vazirliklar o‘rtasida 2024—2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!