Turkiyada ikki kishini o‘ldirishda gumonlanuvchi Germaniyada qo‘lga olindi

Turkiyada ikki kishini o‘ldirishda gumonlanuvchi Germaniyada qo‘lga olindi

Germaniya huquq-tartibot idoralari xodimlari 2023 yil noyabrida Turkiyada ikki kishini o‘ldirganlikda gumon qilingan Litva fuqarosini qo‘lga oldi.

Bayerischer Rundfunk telekompaniyasining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan shaxs 47 yoshda. U o‘tgan yilning noyabr oyidan beri qochib yurgan. Erkak Pragadan Myunxenga ketayotgan avtobusda topilgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsning tavsifi Turkiyaning Bodrum shahrida ona va qizni o‘ldirishda gumonlanayotgan Litva fuqarosi Andrey Kuslevichga mos keladi. Rossiyada unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!