Urush tadqiqotlari instituti Rossiyaning yadro quroli imkoniyatlarini baholadi

Urush tadqiqotlari instituti Rossiyaning yadro quroli imkoniyatlarini baholadi

AQShning Urush tadqiqotlari instituti Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish qobiliyatini baholadi.

Bu haqda institutning so‘nggi hisobotida ma’lum qilindi.

Unda ta’kidlanishicha, Rossiyaning Ukrainadagi yoki boshqa joylarda jang maydonida taktik yadro qurolini qo‘llash ehtimoli nihoyatda past. Aytilishicha, Rossiya rasmiylari G‘arbning Ukrainaga harbiy yordamini davom ettirishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtabi aviasiya va dengiz kuchlari ishtirokida Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan. Mashg‘ulotlar davomida strategik bo‘lmagan yadro qurollarini yaratish va qo‘llash amaliyoti bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!