Putin dastlab Nurizodani Xorvatiyaga yubordi

Putin dastlab Nurizodani Xorvatiyaga yubordi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr Nurizodani Xorvatiyaga elchi etib tayinladi.

Bu Putin inaugurasiyadan keyin imzolagan birinchi hujjatlardan biridir.

Putin boshqa farmon bilan Andrey Nesterenkoni Xorvatiyadagi elchi lavozimidan ozod qildi.

Aleksandr Nurizoda 1959 yil 14 fevralda tug‘ilgan. 2003 yildan 2008 yilgacha, so‘ngra 2013 yildan 2020 yilgacha u Rossiyaning Milandagi bosh konsuli bo‘lgan. Nurizoda 2021-2024 yillarda Xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash departamenti direktori lavozimida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!