Borrell: Rossiya qanday o‘zgarganini ko‘rmadik

Borrell: Rossiya qanday o‘zgarganini ko‘rmadik

Evropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Oksford universitetida so‘zlagan nutqida Rossiyaning Vladimir Putin boshchiligidagi siyosatini keskin tanqid qildi. Uning nutqi Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati saytida keltirilgan.

«Putin rahbarligida Rossiya dunyoga imperialistik qarashga qaytdi. Podshohlar va Sovet imperiyasi davridagi imperator Rossiyasi o‘zining avvalgi buyukligi va ta’siriga qaytishni orzu qilgan Putin tomonidan qayta tiklandi», — dedi Borrel.

U 2008 yilda Rossiyaning Gruziyadagi agressiyasi va 2014 yilda Qrimning anneksiya qilinishini esladi. «Biz Rossiya Putin boshchiligida qanday o‘zgarib borayotganini ko‘rmaganmiz yoki ko‘rishni istamaganmiz. 2007 yilda Myunxen konferensiyasida Putinning o‘zi bizni ogohlantirgan bo‘lsa ham», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

“Bugun Putin barchamiz uchun ekzistensial tahdid solmoqda. Agar u Ukrainada muvaffaqiyat qozonsa, to‘xtamaydi», - deya ogohlantirdi Borrel. U Putin Kiyevda qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnatishi, Polsha bilan chegarada qo‘shinlar joylashtirishi va jahon g‘alla bozorining 44 foizi ustidan nazorat o‘rnatishi mumkinligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!