Ikki davlat Ukrainada qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirishga tayyor

Ikki davlat Ukrainada qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirishga tayyor

Ikki G‘arb davlati Ukraina mudofaa sanoati tomonidan qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin bayonot berdi.

"Bizda qo‘shimcha shartnoma bo‘lmagan imkoniyatlar mavjud va biz ularni Yevropa jamg‘armalari hisobidan moliyalashtirilishini istaymiz. Biz «qurolsozlar» deb ataydigan tashabbus mavjud va bu tashabbus doirasida birinchi ikki davlat allaqachon Ukrainadagi ishlab chiqarishni moliyalash uchun ko‘ngilli bo‘lgan. Bular Daniya va Kanada. Bugun biz Ukrainada ko‘proq ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha mablag‘ izlayapmiz”, — dedi Kamishin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!