Oq uy o‘z diplomatlariga Putinning inaugurasiya marosimida qatnashmaslikni buyurdi

Oq uy o‘z diplomatlariga Putinning inaugurasiya marosimida qatnashmaslikni buyurdi

Amerika ma’muriyati AQShning Moskvadagi elchixonasi vakillariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inaugurasiyasi marosimida qatnashmaslikni buyurdi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh rahbariyati “o‘z elchixonasiga inaugurasiya marosimida qatnashmaslik haqida ko‘rsatma bergan”. Jan-Pyerga ko‘ra, AQSh shu tariqa Ukrainadagi urushga norozilik bildirgan.

"O‘ylaymanki, biz o‘zimizni aniq ifodaladik, qo‘shadigan hech narsam yo‘q", - deya xulosa qildi Oq uy matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Moskvada Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning inaugurasiyasi bo‘lib o‘tdi. U beshinchi marta Rossiya prezidenti lavozimini egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!