8 may kuni Toshkentning ikki tumani hududida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

8 may kuni Toshkentning ikki tumani hududida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarining qator hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, gaz 8 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagi hududlarda o‘chiriladi:

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayram” MFY

  • aholi iste’molchilari soni — 730 ta yerli xonadon, 23 ta ko‘p qavatli uylardagi 1656 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 21 ta.

Yashnobod tumanidagi “Katta Hovuz”, “Yangi shahar”, “Oqlon”, “Obinazar”, “Samarqand darvoza” MFYlari

  • aholi iste’molchilari soni — 970 ta yerli xonadon, 8 ta ko‘p qavatli uy;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 8 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!