Rossiya Britaniya nishonlariga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda

Rossiya Britaniya nishonlariga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda

Agar London Kiyevning Britaniya qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishi haqidagi «tahdidlarni amalga oshirgan» taqdirda Rossiya «Ukraina va undan tashqaridagi Britaniya nishonlariga zarba berish huquqiga ega». Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

«Agar bunday senariy amalga oshirilsa, unda bizning mamlakatimiz Rossiya Federasiyasi tegishli ravishda javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi, ya’ni Ukraina hududida ham, undan tashqarida ham Britaniya ob’ektlaridan - harbiy ob’ektlar, qurol - yarog‘ va boshqalardan maqsad sifatida foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi», dedi Zaxarova.

U Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning London Kiyev rejimining Britaniya qurollaridan Rossiya hududiga zarba berish uchun foydalanishini qonuniy deb bilishi haqidagi so‘zlarini «mutlaqo aqldan ozgan narsa» deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!