Ukrainada prezidentga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar hibsga olindi — Ukraina Xavfsizlik xizmati

Ukrainada prezidentga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar hibsga olindi — Ukraina Xavfsizlik xizmati

Ukrainada Rossiya maxsus xizmatlarining ko‘rsatmalari bilan Prezident Volodimir Zelenskiy, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk, Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir necha shaxs qo‘lga olindi.

“Strana” nashrining yozishicha, qo‘lga olinganlar orasida Ukraina Xavfsizlik xizmatining ikki nafar polkovniklari ham bor.

"Teraktning potensial ijrochisi va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimi o‘rtasidagi suhbatlar yozib olingan", deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!