Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

Hindistondagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 5000 gramm oltinni musodara qilindi. Bu haqda Dehli Bojxona xizmatiga tayanib UzNews xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Dubaydan kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroport bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada, ular 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirishga uringanligi aniqlangan.

Fuqarolar Bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!