Fransiya Si Szinpin fon der Lyayen bilan uchrashuvda Makronni kamsitganini aytdi

Fransiya Si Szinpin fon der Lyayen bilan uchrashuvda Makronni kamsitganini aytdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Parijda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uch tomonlama uchrashuvda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni e’tiborsiz qoldirdi va kamsitdi.

Bu haqda Fransiyaning Patriotlar partiyasi yetakchisi Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Filippo, shuningdek, bo‘ysunish ruhi Fransiyaning milliy manfaatlariga zarar yetkazishini, Yevropa Ittifoqiga a’zolik esa uni zaiflashtirishini ta’kidladi.

Si Szinpin 5-7 may kunlari Fransiyada bo‘ldi. Raisning safari XXR va Fransiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 60 yilligiga to‘g‘ri keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!