Kiyevning ta’kidlashicha, NATOga bir qadam qolgan

Kiyevning ta’kidlashicha, NATOga bir qadam qolgan

Ukraina NATOga taklifdan «bir qadam uzoqda», dedi bosh vazir Denis Shmigal Amerikaning CBC telekanaliga bergan intervyusida.

«Bizning armiyamiz NATO standartlariga muvofiq harakat qilmoqda. Biz barcha kerakli islohotlarni amalga oshirdik va endi biz taklifga bir qadam qoldik», — deya Shmigal so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ukraina OAVlari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida 2022 yil sentyabr oyida taqdim etilgan a’zolik arizasiga javob olishni kutmoqda.

G‘arb qo‘shinlarining Ukrainaga kirishi haqida Shmigal «qo‘shimcha kuchlar, albatta, ruslarni siqib chiqarishga yordam beradi, biroq hozircha Ukraina o‘z hamkorlaridan harbiy texnika so‘ramoqda», dedi. «Agar vaqti kelsa, biz juda minnatdor va xursand bo‘lamiz», dedi Ukraina Bosh vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!