Sobiq prezident nafaqa talab qilmoqda

Sobiq prezident nafaqa talab qilmoqda

Bir vaqtlar Peruni boshqargan Alberto Fuximori kongressga sobiq davlat rahbari uchun ko‘zda tutilgan nafaqa tayinlanishi bo‘yicha talabnoma kiritdi. Holbuki, u mamlakatdan 15 million dollar qarzdor ekan. Bu haqda “RPP” radiosi xabar tarqatgan.

“Men sizni qutlashdan mamnunman va shu bilan birga respublikaning sobik konstitusiyaviy prezidenti Alberto Fuximoriga qonun bilan belgilangan pensiya tayinlashingizni so‘rayman”, — deyiladi mamlakat sobiq rahbari tomonidan taqdim etilgan arizada.

Radiostansiya axborotida ta’kidlanishicha, avval sobiq yetakchi davlatga o‘zi yetkazgan 15 million dollar qiymatidagi zararni qoplashi kerak.

Fuximori Peruga 1990-2000 yillar prezidentlik qilgan. 2007 yil dekabrda hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanib, olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2009 yil esa unga “korrupsiya va insoniyatga qarshi jinoyati” sabab 25 yillik qamoq jazosi tayinlangan. 2017 yil dekabrda sobiq prezident xastaligi bois Prezident Pedro Pablo Kuchinski tomonidan afv etildi. 2018 yil Peru oliy sudi ushbu qarorni bekor qildi. 2022 yil mart oyida mamlakat konstitusion sudi Fuximorini ikkinchi bor kechirdi, biroq bu hukm ijro etilmadi. 2023 yil beshinchi dekabr kuni konstitusion sud uni zudlik bilan turmadan chiqarishni buyurdi va ertasi kuni sobiq prezident ozodlikka chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!