Qashqadaryoda maktab direktori pul yig‘inglar deb o‘qituvchilarga kun bermayaptimi?

Qashqadaryoda maktab direktori pul yig‘inglar deb o‘qituvchilarga kun bermayaptimi?

Rasul Kusherbayevga yo‘llanadigan murojaatlar uchun ochilgan maxsus kanalida yoritilgan ‟Maktabimiz direktori pul yig‘inglar deb kun bermayapti” nomli murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabati:

Holat yuzasidan boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Ko‘kdala tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va mas’ul xodimlari tushuntirish berishicha ta’lim muassasida pul yig‘imi qilinmasligi yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriq berilgan.

Bundan tashqari DMTT va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pul yig‘im tashkil qilinganligi qonunchilikka asosan jazolashga sabab bo‘lishi yuzasidan ilgari boshqarma tomonidan rasmiy munosabat ham berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!