"Manchester Yunayted"ni boshqarish uchun asosiy da’vogar aniqlandi

"Manchester Yunayted"ni boshqarish uchun asosiy da’vogar aniqlandi

"Manchester Yunayted" Garet Sautgeytni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda, deb xabar beradi Footmercato.

Qayd etilishicha, klub Angliya terma jamoasi ustozi bilan kelishuvga yaqin turibdi. Kelishuv 14 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi Yevropa chempionatidan keyin e’lon qilinishi mumkin.

Oldinroq Daily Mail nashri "Manchester Yunayted" futbolchilari klubning amaldagi bosh murabbiyi Erik ten Xagning mavsum yakunida ketishiga ishonchi komil ekani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!