Shotlandiyaga yangi yetakchi keldi

Shotlandiyaga yangi yetakchi keldi

Sobiq moliya kansleri Jon Svinni Shotlandiya parlamenti a’zolari ovoz berganidan so‘ng Shotlandiyaning yettinchi birinchi vaziri bo‘ldi, deb yozadi STV. Sobiq moliya vaziri o‘tgan hafta iste’foga chiqqan Hamza Yusufning o‘rnini egalladi.

Dushanba kuni u Shotlandiya milliy partiyasi rahbari bo‘ldi. Svinni tez orada o‘z kabineti tarkibini e’lon qilishi kutilmoqda.

Svinni 64 deputat, uning eng yaqin raqibi Shotlandiya konservativ partiyasi yetakchisi Duglas Ross esa 31 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!