Rossiya AQShni qo‘rqita olmadi!

Rossiya AQShni qo‘rqita olmadi!

Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning yaqinlashib kelayotgan yadroviy mashg‘ulotlari tufayli o‘z yadroviy kuchlarining tayyorgarligini o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti.

“Biz tayyorligimizni o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ko‘rmadik. Biz Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida hech qanday dalil ko‘rmadik”, dedi u jurnalistlarga Rossiyaning bo‘lajak mashg‘ulotlarini sharhlar ekan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 6 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Bosh shtabiga taktik yadro qurolini “o‘qitish va qo‘llashni sinovdan o‘tkazish” uchun yadro quroli bilan strategik bo‘lmagan (taktik) mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishni topshirganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlarda Rossiya Janubiy harbiy okrugining raketa tuzilmalari, shuningdek, Rossiya aviasiyasi va dengiz kuchlari ishtirok etadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi, xususan, Rossiya G‘arb rasmiylarining Rossiyaga qarshi "provokasion bayonotlari va tahdidlari"ga javoban yadroviy mashqlar o‘tkazishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!