Rossiya NATOga qarshi operasiyaga tayyor

Rossiya NATOga qarshi operasiyaga tayyor

Rossiya NATOga qarshi operasiyaga tayyor.

Bu haqda Polsha harbiy aksilrazvedka xizmati rahbari Yaroslav Strojik ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml allaqachon NATO davlatiga qarshi kichik harbiy operasiyaga tayyor, biroq bu haqda to‘liq ma’lumot yo‘q: «Biz faqat taxminlarga asoslanamiz».

Y.Strojikning so‘zlariga ko‘ra, operasiya Estoniyaning Narva shahrida yoki Shvesiya orollarida o‘tkazilishi mumkin: «Faqat G‘arbning pozisiyasi Kreml niyatlariga to‘sqinlik qilmoqda. Agar NATOga hujum qilinsa, G‘arbning javobi qattiqroq bo‘ladi», - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Polsha prezidenti Anjey Duda Rossiya 2026 yilda o‘z harbiy salohiyatini tiklashi va NATO davlatlariga hujum qilishi mumkinligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!