“O‘zbekiston investorlar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda”

“O‘zbekiston investorlar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda”

Poytaxtimizda Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi “UTID” bilan hamkorlikda “Xorijiy investisiya va mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil islohotlar” mavzusida konferensiya tashkil etildi. Unda mahalliy va xalqaro ekspertlar, xorijiy biznes-sub’ektlari vakillari, vazirlik va idoralar vakillari qatnashdilar.

Tadbirda mamlakatimizda xorijiy investisiya va mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirildi. Shu bilan birga, sohadagi mavjud muammolar ham tahlil qilindi.

— O‘zbekiston investorlar uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Bilishimcha, keyingi qisqa vaqtda tadbirkorlik hamda investisiya sohasini takomillashtirishga qaratilgan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, — deydi Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen. — Prezident tomonidan yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qarori ham e’tiborga sazovor. Bu mamlakatga malakali chet ellik mutaxassislar, raqobatdosh mehnat resurslarini jalb qilishni rag‘batlantirishda katta o‘rin tutadi.

Yakunda nafaqat mamlakatimizda xorijiy investorlar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan investisiyaviy muhit haqida fikr almashildi, balki uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqildi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!