Toshkentda "Mercedes-Benz" haydovchisi qoidani buzib, "Lacetti"ga urildi

Toshkentda "Mercedes-Benz" haydovchisi qoidani buzib, "Lacetti"ga urildi

Joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 14:45 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida orqaga harakatlanayotgan haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.SH. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" hamda qayrilib olayotgan haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan V.B. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda, "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi A.SH. yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaganligi oqibatida ushbu hodisa sodir bo‘lganligi aniqlangan va hozirda unga nisbatan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga yuborilish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!