BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik RIA Novosti agentligiga Isroilda “Al-Jazeera” telekanalining yopilishini izohlab.

Yakshanba kuni Isroil Vazirlar Mahkamasi Qatarning “Al-Jazeera” telekanalini mamlakatda yopish uchun ovoz bergan edi.

“Biz matbuot erkinligidan voz kechish haqidagi har qanday qarorga qat’iy qarshi turibmiz. Erkin matbuot jamoatchilikni xabardor qilish va ular bilan muloqot qilish uchun bebaho xizmatni taqdim etadi”, – degan Dyujarrik.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarga kanalning Isroildagi ofislarini yopish, eshittirish uskunalarini musodara qilish, kanal hisobotlarini efirga uzatishni blokirovka qilish, kanalni kabel va sun’iy yo‘ldosh televideniyesi namoyishidan olib tashlash, kanal saytlarini blokirovka qilish va boshqalar kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!