Mutlaq jahon chempioni qiyin jangda nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Mutlaq jahon chempioni qiyin jangda nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue meksikalik Luis Neriga qarshi jang qildi.

Bahsning ilk raundida yaponiyalik bokschi nokdaun holatiga tushib qoldi, ammo u tezda o‘ziga keldi va ikkinchi raundda raqibini nokdaunga tushirdi. 6-raundga kelib Inoue raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa, Inoue o‘ziga tegishli WBC, WBA, IBF va WBO kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev o‘z janglarini ushbu vazn toifasida o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!