Rossiyada migrantlar kafelari yopiladi

Rossiyada migrantlar kafelari yopiladi

Rossiyada Crocus City Hall'dagi teraktdan so‘ng vujudga kelgan ksenofobiya to‘lqini fonida Markaziy Osiyodan migrantlar tashrif buyuradigan ko‘plab kafe va restoranlar yopila boshladi, deb yozadi Ozodi radiosi.

Bunday kafe egalaridan birining aytishicha, teraktdan so‘ng polisiya xodimlari bu muassasalarga muntazam tashrif buyura boshlagan, ular doimiy ravishda tashrif buyuruvchilar va xodimlarni tekshirib turishgan, ko‘plarni hibsga olishgan va hokazo. Natijada odamlar kafega borishni to‘xtatgan.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Moskvada bunday muassasalarning 75 foizi allaqachon yopilgan.

Tojikiston va O‘zbekistondan kelganlar eng qattiq bosimga duchor bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!