Ishga va o‘qishga kiritib qo‘yish bilan shug‘ullanayotganlar ushlandi

A A A
Ishga va o‘qishga kiritib qo‘yish bilan shug‘ullanayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.N. fuqaro M.SH.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 40 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Shu kabi, Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro J.YU.ni tanishlari yordamida 8 mln so‘m evaziga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish filialiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.

Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman obodonlashtirish boshqarmasi haydovchisi S.S. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, uni boshqarma boshlig‘i F.A. orqali ishga kiritib qo‘yishi evaziga 150 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.

Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi xo‘jalik mudiri A.U. fuqaro X.A.ning turmush o‘rtog‘ini ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!