Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilindi

Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilindi



O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida “Giyohvandlik va giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Strategiya O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlikka qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligini va giyohvandlik bilan bog‘liq vaziyat monitoringi milliy tizimini takomillashtirish, milliy va jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.
Strategiya narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq transchegaraviy jinoyatchilik tahdidlariga o‘z vaqtida va mutanosib choralar ko‘rish bo‘yicha yetakchi davlatlarning ijobiy xalqaro tajribasini o‘z ichiga olib, quyidagilarni nazarda tutadi:
✓ aholida “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish;
✓ giyohvandlik profilaktikasi va narkojinoyatlarning oldini olishning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini belgilash;
✓ giyohvandlikka qarshi kurashda zamonaviy ish uslublarini qo‘llash;
✓ aholini yuqori sifatli dori vositalari bilan davolash tizimini yangicha uslublar asosida rivojlantirish;
✓ giyohvandlikka ruju’ qo‘ygan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish;
✓ giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish.
Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida erishilgan ijobiy salohiyatni saqlash va oshirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash mazkur Strategiya doirasida belgilab berilgan va e’tiborga olingan xalqaro hamkorlikning ustuvor vazifalaridandir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!