Misr Isroilga yaqinlashishga harakat qilmoqda

Misr Isroilga yaqinlashishga harakat qilmoqda

Misr G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridan tinch aholini evakuasiya qila boshlagan Isroilni o‘zini tutib turishga va kuchayib ketishining oldini olishga chaqiradi. Misr tashqi ishlar vazirligi bu haqida tegishli bayonot bilan chiqdi.

“Misr Isroildan maksimal darajada vazminlik ko‘rsatishni va muzokaralar jarayonining bunday nozik pallasida vaziyatni keskinlashtirmaslikni talab qiladi”, — deyiladi Misr Tashqi ishlar vazirligi matbuot bayonotida.

Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, “Isroilning Rafahdagi ehtimoliy harbiy operasiyasi gumanitar sohada o‘ta jiddiy oqibatlarga olib keladi va hozirda shaharda bo‘lgan 1 milliondan ortiq falastinliklarning hayotiga salbiy ta’sir qiladi”.

Qohira "vaziyat nazoratdan chiqib ketishining oldini olish uchun barcha manfaatdor tomonlar bilan aloqalarni saqlab qolishda" davom etmoqda, deya xulosa qildi vazirlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!