Moldovaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Moldovaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moldovaning mamlakatdagi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiverni qabul qildi.

“Bugun Vazirlikda Moldovaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiver janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik. Muloqot chog‘ida ikki davlat aloqalarining hozirgi holatini ko‘rib chiqdik va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldik. Janob elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi vazirning Telegram-kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!